O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.
Jidda shahrining xalqaro aeroportida mamlakatimiz yetakchisini Makka mintaqasi hokimi o‘rinbosari shahzoda Badr bin Sulton Ol Saud va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Sammitning asosiy tadbirlari – “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi davlat rahbarlari yig‘ilishi hamda ikki tomonlama muzokaralar ertaga, 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Oldingisi
Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
18.07.2023Keyingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida ishtirok etdi.
19.07.2023