Rasmiy tashrif bilan Italiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rimdan Milan shahriga keldi.
“Malpense” aeroportida oliy martabali mehmonni Lombardiya viloyati rahbariyati kutib oldi.
Ertaga davlatimiz rahbari ushbu hudud gubernatori bilan uchrashadi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazadi.
“ITMA 2023” to‘qimachilik mashinasozligi bo‘yicha eng yirik xalqaro ko‘rgazmaga tashrif buyurilishi ham rejalashtirilgan.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Lombardiya viloyati bilan hamkorlik uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifining ikkinchi kunida Milan shahrida Lombardiya gubernatori Attilio Fontana bilan uchrashuv o‘tkazdi.
09.06.2023