O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxtiga keldi.
Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun Ostonada birinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Uning kun tartibidan mintaqamiz mamlakatlari va Yevroittifoq o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
27.10.2022Keyingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Markaziy Osiyo - YI” formatidagi delegatsiyalar rahbarlarining majlisida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi delegatsiyalar rahbarlarining majlisida ishtirok etdi.
27.10.2022