O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etgan Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi.
Suhbat avvalida Ozarbayjon tashqi siyosiy idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zaro savdoning oshib borayotgani, avtomobillar ishlab chiqarish, paxta-to‘qimachilik va ipakchilik klasterlarini tashkil etish borasidagi kooperatsiya loyihalarining borishi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bundan tashqari, neft-gaz va kimyo sanoati bo‘yicha yirik loyihalar ishlab chiqilmoqda. Qo‘shma investitsiya fondi tashkil etilmoqda.
Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston bilan strategik sheriklikni rivojlantirish uchun mavjud keng imkoniyatlarni qayd etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi tadbirlari doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.
24.01.2023Keyingisi
O‘zbekiston Prezidenti Eron bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
24.01.2023