5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Imron Xon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Rahbarlar muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, mamlakatlarimizning do‘st xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladilar.
Joriy yil 3-4 mart kunlari Pokistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi davlat tashrifi yakunida qabul qilingan qo‘shma “yo‘l xaritasi” ijrosining borishi ko‘rib chiqildi. Eng avvalo, savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, turizm, madaniyat va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi ko‘p qirrali hamkorlik loyiha va dasturlarini o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston yetakchisi Pokiston Hukumati rahbari va xalqiga ushbu mamlakatda bo‘lajak muhim siyosiy tadbir – parlament saylovi muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
Oldingisi
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
05.04.2022Keyingisi
Shavkat Mirziyoyev: Xalqimiz bizga eng katta boyligini – zurriyodini ishonib berayapti
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 aprel kuni xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligining tahlili yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
06.04.2022