O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 1-2-mart kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Boku shahriga tashrif doirasida davlatimiz rahbari Qo‘shilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Ozarbayjon tomonining raisligida o‘tadigan tadbir kun tartibidan pandemiya oqibatlarining ta’siri saqlanib qolayotgan hamda xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka xavf-xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda ko‘p tomonlama muloqotni rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashib, ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Qo‘shilmaslik harakati harbiy-siyosiy bloklar va tashkilotlarda ishtirok etmaslikni hamda hamkorlikni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining prinsip va maqsadlari asosida rivojlantirishni o‘z tashqi siyosatining asosiy etib e’lon qilgan 120 ta ishtirokchi davlatni birlashtirgan eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri hisoblanadi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
26.02.2023Keyingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
01.03.2023