O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-iyul kuni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Mixail Myasnikovichni qabul qildi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, innovatsiyalar, migratsiya va turizm sohalaridagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston kuzatuvchi davlat sifatida tashkilot tuzilmalari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini alohida ta’kidladi.
Tegishli memorandum va 2023-yillarga qadar davrga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi amalga oshirilmoqda. Bugun Hamkorlikning qo‘shimcha yo‘nalishlari ro‘yxati imzolandi.
YEOII mamlakatlari bilan o‘zaro savdo va investitsiyalar ko‘rsatkichlari ijobiy sur’at bilan o‘sib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Savdo to‘siqlarini bartaraf etish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va ishbilarmonlik aloqalarini rag‘batlantirish, loyihaviy hamkorlikni rivojlantirish, tranzit sohasidagi dastur va loyihalarni ilgari surish, migratsiya tartibotlarini soddalashtirish va o‘zaro sayyohlar oqimini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qo‘shma Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.
Oldingisi
Energetika sohasidagi yirik loyihalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda energetika sohasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
12.07.2022Keyingisi
Islohotlarning hududlardagi natijadorligi tahlil qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning hududlardagi natijadorligi tahlili bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
11.07.2022