O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan 2-may kuni tashrif bilan Berlinga keldi.
“Berlin-Brandenburg” aeroportida O‘zbekiston yetakchisining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Oliy martabali mehmonni Germaniyaning rasmiy shaxslari kutib oldi.
Bugun davlatimiz rahbari Federal Kansler Olaf Shols bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Berlinga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
02.05.2023