O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga ikki kunlik rasmiy tashrifi tadbirlarga boy va sermahsul bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari Vengriya Prezidenti Katalin Novak bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu mamlakatning ishbilarmon doiralari vakillari bilan O‘zbekistonda aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi.
Bosh vazir Viktor Orban bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ularning yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.
Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Birinchi bort Toshkentga uchib ketdi.
Oldingisi
Imzolangan hujjatlar O‘zbekiston-Vengriya strategik sherikligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi
Budapesht shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
04.10.2022Keyingisi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga ikki kunlik rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
04.10.2022