Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti oldidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari birgalikda «Nomad» madaniyat markaziga bordilar. Hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirildi. So‘ng ko‘chmanchilar o‘yinlari namoyish etildi.
Markaziy Osiyo xalqlari kuy-qo‘shiqlaridan tuzilgan konsert dasturida ellarimiz birligi, madaniy yaqinligi namoyon bo‘ldi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘izistonga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 20-iyul kuni Cho‘lponota shahriga keldi.
20.07.2022Keyingisi
O‘zbekiston Prezidenti mintaqada ko‘p tomonlama hamkorlikning samaradorligini oshirishni taklif etdi
21-iyul kuni Cho‘lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
21.07.2022