O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida ishtirok etdi.
Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.
“Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Davlatimiz rahbari mintaqaviy sheriklikni kuchaytirish maqsadida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi aloqalarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.
Oldingisi
MDH davlatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi.
14.10.2022Keyingisi
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari MDH sammiti doirasida uchrashdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
14.10.2022