Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar va Fransiya Milliy yig‘inida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ustuvor sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Davlatimiz rahbari Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.
Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutiga tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” va “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari” ko‘rgazmalari bilan tanishish mo‘ljallangan.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini umumxalq saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi
21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
21.11.2022