O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Dmitriy Kozak Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Yaqinda o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlarda erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash va ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishga kuchli sur’at bag‘ishlagani alohida ta’kidlandi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yirik loyihalar va ustuvor gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhim ekanini qayd etdi.
Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqelardan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.
Oldingisi
Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.
20.01.2022Keyingisi
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
20.01.2022