O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 15-mart kuni amaliy tashrif bilan Anqara shahriga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda vaziyatlarni boshqarish va gumanitar yordam ko‘rsatish borasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.
Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti BMT tuzilmalari bilan inson huquqlari sohasidagi konstruktiv hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turkni qabul qildi.
15.03.2023