Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Amirliklar Vitse-prezidentini qutlug‘ bayram - ushbu mamlakat tashkil topganining 50 yilligi bilan muborakbod etib, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tilaklarini izhor etdi.
BAA ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion va gumanitar taraqqiyotning barcha soha va yo‘nalishlarida katta yutuqlarga erishayotgani, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. Bularning barchasi Dubayda muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgan EXPO butunjahon ko‘rgazmasi tadbirlarida ham o‘z tasdig‘ini topmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti va Amirliklar Vitse-prezidenti har doimgidek yaqin va do‘stona ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali sheriklikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjud ekanini qayd etdilar.
Yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, “yashil” energetika, savdo va logistika, shuningdek, intellektual salohiyatni ro‘yobga chiqarish sohalarida istiqbolli qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Faol muloqotni va barcha yo‘nalishlarda keng ko‘lamli hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Telefon orqali muloqot ochiq, do‘stona va ishonchli ruhda o‘tdi.
Oldingisi
Aholi va qurilish tashkilotlariga yangi imkoniyatlar beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-dekabr kuni qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va aholini uy-joy bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
03.12.2021Keyingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 5-6-dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.
03.12.2021