O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni Yevropa Ittifoqining Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv avvalida YeIning yuqori darajadagi vakili davlatimiz rahbariga Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki tomonlama muloqotlar, shu jumladan iqtisodiyot, qonun ustuvorligi, demokratik yangilanishlar, inson huquqlari, xavfsizlik va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shu oyda “O‘zbekiston - YeI” hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
O‘zaro savdo hajmi jadal ortmoqda, Yevropa yetakchi kompaniyalarining ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini jalb qilgan holda yirik investitsiya loyihalari ustida ish olib borilmoqda.
Ta’lim, xavfsizlik sohasida, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashish borasida muhim qo‘shma dasturlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va YeI o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni yakunlash va uni tez fursatda qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Oldingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosarini qabul qildi
24-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Gada Valini qabul qildi.
24.11.2021Keyingisi
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan telefon orqali muloqot qildi.
26.11.2021