Tehrondagi “Saadobod” majmuasining “Jumhuri” saroyida Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarini Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy kutib oldi.
Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Eronning davlat bayroqlari ko‘tarildi.
Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng yetakchilarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Eronga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tehron shahriga keldi.
18.06.2023Keyingisi
O‘zbekiston va Eron Prezidentlari ikki tomonlama amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar
Tehron shahridagi “Saadobod” majmuasining “Jumhuri” saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
18.06.2023