O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasiga tashrifi doirasida oliy darajadagi muzokaralar yakuni bo‘yicha hujjatlar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Qo‘shma bayonotni qabul qildilar.
Prezidentlar huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Ular ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Misr Investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasi o‘rtasidagi, o‘simliklar karantini va himoyasi, jamoat sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etish, investitsiyalarni jalb qilish va ikki tomonlama investitsiyaviy munosabatlarni mustahkamlash, texnik jihatdan tartibga solish, taraqqiyot masalalarida tajriba almashish kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Sharqshunoslik instituti hamda Misr Milliy kutubxonasi va arxivi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.
Oldingisi
O‘zbekiston va Misr Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va ularni yangi, keng qamrovli sheriklik darajasiga olib chiqish istiqbollarini muhokama qildilar
Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
21.02.2023Keyingisi
O‘zbekiston va Misr nafaqat mamlakatlarimiz o‘rtasida, balki ikki mintaqa orasida mustahkam hamkorlik ko‘prigini bunyod etish niyatida
Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi ommaviy axborot vositalari vakillariga bayonot berdilar.
21.02.2023