O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasi yodga olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga muvofiq, 2-sentabr sanasi Birinchi Prezident Xotirasi kuni sifatida nishonlanadi. Mamlakatimiz tarixini, Islom Karimov xizmatlarini e’zozlash xalqimizga, yoshlarimizga ma’naviyat yetkazadi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan nutqida Birinchi Prezidentimiz boshchiligida qo‘lga kiritilgan davlat mustaqilligi asriy orzumizni amalda ta’minlagan olamshumul voqea ekanini ta’kidladi.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Qur’on tilovat qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham monument poyiga gullar qo‘ydi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

Manba