- Chirchiq bir paytlar dong‘i ketgan shahar edi. Oxirgi vaqtlarda ancha «charchab» qolgandi. Tegirmon navbati bilan degandek, endi bu yerda ham hamma sharoitlarni yaratamiz. Sanoatni ko‘tarish, ish joylari ochish, yo‘lni, issiqlik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha katta ishlarni boshlayapmiz, - dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev hududdagi muammolarni, aholining talab va istaklarini so‘radi. Tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan yigitga yer ajratish bo‘yicha shahar hokimiga ko‘rsatma berdi. Prezidentni ko‘rishni orzu qilib, davlat rahbari oldiga chiqqan bolani bag‘riga bosib suratga tushdi.
Prezidentimiz shu yerdagi Lola mahallasida ham bo‘ldi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila xonadoniga kirib, hol-ahvol so‘radi.
Yo‘l-yo‘lakay mehnat faxriylari bilan samimiy suhbat bo‘ldi. Ular mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, Chirchiq shahridagi o‘zgarishlardan mamnun ekanini aytib, duolar qildi.
Oldingisi
Davlatimiz rahbari Chirchiq shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi
Chirchiq - Toshkent viloyatining eng yirik shaharlaridan biri. Hudud rivojlangani sari aholi soni ham ortib bormoqda. Shaharning Shodlik mahallasida qurilgan 4 ta 16 qavatli uy aholining o‘sib borayotgan talabini ta’minlashga qaratilgan.
18.03.2021Keyingisi
Shavkat Mirziyoyev zamonaviy qurilish materiallari klasteri faoliyati bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yuqori Chirchiq tumanidagi “Yevro Global Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.
18.03.2021