O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.
Sammitda yetakchilar yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilib, hamkorlikni rivojlantirishning kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashadilar.
Oldingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDH norasmiy sammitida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga boradi.
28.12.2021