O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 20-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi.
Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sammit yakunida ustuvor yo`nalishlar bo‘yicha o‘ndan ziyod hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.
Ashxobod shahrida «Toshkent» bog‘ining ochilishi, «Xorazm - Toshovuz» chegaraoldi savdo markazi qurilishining boshlanishi ham tashrifning muhim voqealari bo‘ladi.
Oldingisi
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi
Oliy darajadagi O‘zbekiston-Eron muzokaralari samarali va amaliy ruhda o‘tdi. Uchrashuv yakunida hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan 18 ta hujjat imzolandi.
14.09.2022