Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari samarali muzokaralar o‘tkazib, ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
Ittifoqchilik munosabatlari va davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risida shartnomalar imzolandi. Hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy qiymati 8 milliard dollarlik hujjatlar, shartnoma va bitimlar imzolandi.
Umuman, oliy darajadagi muzokaralar kun tartibining kengligi va erishilgan kelishuvlarning ahamiyati bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochgan tarixiy voqea bo‘ldi.
Qardosh Qozog‘iston yetakchisining davlat tashrifi yakunlandi. “Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.
Oldingisi
Prezidentlar Abay merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdilar
Bugun Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyev merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma doirasidagi ekspozitsiya bilan tanishdilar.
22.12.2022