Shu bois, Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, o‘z sohasi bo‘yicha ishni mahallalarda tashkil etishi, muammolarni o‘rganib, ularga yechim topishi zarurligini ta’kidlagan edi.
Shu bilan birga, mahalla idorasining vakolatini kengaytirish, rais va xodimlarning moddiy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha tashabbuslar ilgari surilgan edi.
Davlatimiz rahbari shunday ishlar bilan tanishish maqsadida Yunusobod tumanidagi “Yangibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.
Bu yerda 7 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. 2 mingdan ziyod oila mavjud. Yangi qurilgan mahalla guzari binosida keng sharoitlar yaratilgan.
Shu yerda Yunusobod tumanidagi mahallalar faollari bilan muloqot bo‘ldi.
– Mahalla raisi – Prezidentning quyi bo‘g‘indagi ustuni. Mahallaning iqtisodiyotini o‘zgartirsak, jamiyatimiz o‘zgaradi. Buning uchun yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, «Har bir oila – tadbirkor» dasturidan samarali foydalanish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ko‘p qavatli uylarga sifatli xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari tashkil etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, maishiy xizmatlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Oldingisi
Yangi markazda tibbiy yordam sifati va qamrovi oshadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaqinda o‘zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida joriy yilda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan 5 mingdan ortiq bemor ilk bor bepul gemodializ xizmati bilan qamrab olinishi, buning uchun byudjetdan 140 milliard so‘m ajratilishini ta’kidlagan edi.
15.01.2021Keyingisi
Yunusobod tumanini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri tumanlarining hokim va sektor rahbarlari, Yunusobod tumani mahalla raislari, yoshlar bilan muloqot qildi.
15.01.2021