Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari ikki tomonlama munosabatlarning bugungi sur’atini saqlab qolish va avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhim ekanini alohida ta’kidladi.
Bu borada so‘z yuritilganda, avvalo, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va uni yaqin yillarda kamida 2 milliard dollarga yetkazish uchun qulay sharoitlar yaratish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va logistika sohalarida kooperatsiyani kuchaytirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida muhim dasturlarni amalga oshirishni qayd etish lozim.
Afg‘oniston delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston Prezidentini ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdilar.
O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan qat’iy sa’y-harakatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirildi.
Bugun Toshkent shahrida xalqaro moliyaviy institutlar rahbarlari ishtirokida o‘tgan Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruh birinchi yig‘ilishining samarali yakunlari yuksak baholandi.
Uchrashuvda tomonlar ushbu loyihani tez fursatda tayyorlash va amalga oshirishni boshlash, qabul qilingan “yo‘l xarita”si asosida xorijiy hamkorlar va salohiyatli investorlarni faol jalb qilish muhim ekanini ta’kidladilar.
Oldingisi
Loyihalarni har bir tuman va mahalla kesimida tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-fevral kuni investitsiya sohasiga doir avvalgi topshiriqlar ijrosi va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
01.02.2021Keyingisi
O‘zbekiston Prezidenti Pokiston delegatsiyasi bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razzoq Dovudni qabul qildi.
02.02.2021