Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 5-dekabr kuni davlat tashrifi bilan Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahriga keldi.
Nursulton Nazarboyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kutib oldi. Ikki mamlakat yetakchilarining qisqa suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 6-dekabrga mo‘ljallangan. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiyot va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish iqtiqbollari muhokama qilinishi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv natijalari bo‘yicha 20 dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Oldingisi
Prezident Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 5-dekabr kuni davlat tashrifi bilan Nur-Sulton shahriga jo‘nab ketdi.
05.12.2021Keyingisi
O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston Prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
06.12.2021