Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 12-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi.
Davlatimiz rahbarini aeroportda Qozog‘iston Bosh vaziri A.Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
13-14-oktabr kunlari Ostonada ikkita sammit – Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlislari bo‘lib o‘tadi. Prezidentimiz ularda ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.
Sammitlar kun tartibiga o‘zaro savdoni ko‘paytirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, samarali transport kommunikatsiyalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalari kiritilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.
Oldingisi
Prezident Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 12-oktabr kuni Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
12.10.2022Keyingisi
Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-oktabr kuni “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasiga borib, Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.
18.10.2022