Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldi.
“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun Rossiyaning shimoliy poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar o‘rin olgan.
Keyingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDH norasmiy sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
29.12.2021