Ko‘ksaroyda Tojikiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Tojikiston davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan tantanali yurib o‘tdi.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari ham hozir bo‘ldi.
Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.
Oldingisi
Tojikiston Prezidenti O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 2-iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
02.06.2022Keyingisi
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar.
02.06.2022