Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi

19-dekabr kuni “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirok etdi.

Tadbirda BMT Bosh kotibining yordamchisi Aleksandr Zuyev va xorijiy mamlakatlarning rasmiy shaxslari ham qatnashdi.

Kafti ochiq qo‘l ko‘rinishida metalldan ishlangan ushbu o‘n ikki metrlik kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan mutlaq toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi.

Manba