Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakatimizga davlat tashrifining birinchi kuni yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.
Ushbu ezgu an’ana yaqin yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni va strategik sheriklikni kengaytirish uchun poydevor bo‘ladigan oliy darajadagi muzokaralarning sermahsul natijalarini mustahkamlaydi.
Turkmaniston rahbari tomonidan ekilgan daraxt xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari buzilmas ekanining ramzlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Oldingisi
O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari muzokaralar natijalaridan mamnunligini bildirdilar va ikki tomonlama hamkorlikda katta salohiyat mavjudligini qayd etdilar
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bo‘lib o‘tgan muzokaralar to‘g‘risidagi fikrlari bilan bo‘lishdilar.
14.07.2022Keyingisi
O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari - Samarqandda
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifining ikkinchi kuni Samarqand shahriga keldi.
15.07.2022