«Ookla» kompaniyasi Speedtest.net servisi 2020 yil aprel oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index simli aloqa Internet tezligi jaxon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston Internet aniqlangan tezligi natijalariga ko‘ra yana bir pozitsiyaga ko‘tarildi.
Internet tezligi bo‘yicha reytingida O‘zbekiston hozirgi kunda 94-pog‘onani egallab yana 1 pozitsiyaga ko‘tarildi. Bir yil davomida 37 pog‘ona ko‘tarildi. Ya’ni 131-o‘rindan 94-pog‘onaga ko‘tarildi. Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi kariyb 2,3 barovar o‘sgan: 11,62 Mbit/c. 2019 yil mart holatiga ko‘ra 25,88 Mbit/c. gacha (Yuklash) 2020 yil aprel holatiga nisbatan.
2020 yil aprel holatiga ko‘ra Respublikamiz aniqlangan Internet tezligi bo‘yicha bir qator davlatlardan oldinda: Turkiya (97-o‘rin) ,Gruziyan (95-o‘rin), Ozarbayjon (114-o‘rin), Tojikiston (99-o‘rin), va Turkmaniston (174-o‘rin).
Ma’lumot uchun: Speedtest Internet tezligini tekshirish uchun umumjaxon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal fydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.
Irlandiyalik Ookla kompaniyasi Internet tarmoqlarini, ilova va texnologiyalarini sinov va test o‘tkazuvchi jaxondagi yetakchi kompaniyalardan biri, internet tezligini test o‘tkazuvchi Speedtest portalining ixtirochisi. Speedtest portalida har yili foydalanuvchilar tomonidan 10 milliondan oshiq testlar o‘tkaziladi. Shunga tufayli kompaniya dunyo miqyosida tarmoqlarning ishlab chiqish quvvati, sifati va ommabopligi haqida batafsil va noyob ma’lumotlarga ega bo‘ladi.