Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentiga Jambil viloyati Boyzoq tumanida ro‘y bergan fojiali voqea oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. O‘zbekiston Qozog‘istonga favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishda zarur ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ko‘p qirrali hamkorlik ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish muhim ekani ta’kidlandi.
Prezidentlar, shuningdek, mintaqa kun tartibi, avvalo, Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi yuzasidan fikr almashdilar. Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Oldingisi
O‘zbekistonda yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida Navoiy viloyati Karmana tumanida mamlakatimizdagi ilk quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.
27.08.2021Keyingisi
Ikkita korxona ishga tushirildi, yana biriga tamal toshi qo‘yildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi. Bu yerda biryo‘la ikkita zavod - azot kislotasi hamda ammiak va karbamid ishlab chiqarish korxonalarining ochilish marosimi bo‘ldi.
27.08.2021