Buxoro viloyatiga safarini davom ettirar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni erta tongda Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.
O‘tganlar xotirasiga Qur’on tilovat qilinib, Alloh taolodan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik va saodat tilab duo o‘qildi.