Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti – «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenini tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu mukofotni topshirar ekan, Xitoy Raisi xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari, ishonch va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shganini qayd etdi.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar va Xitoy yetakchisining alohida e’tibori tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqqani, mukammal va jadal tus kasb etgani qayd etildi. Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikka oid keng ko‘lamli dastur va loyihalar faol amalga oshirilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Si Szinpinning O‘zbekiston Respublikasining oliy mukofoti bilan taqdirlanishi unga xalqaro miqyosdagi davlat va siyosat arbobi sifatida chuqur hurmat-ehtirom ifodasidir.
Xitoy Raisi “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘lgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi.
Oldingisi
Har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning samarali muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.
15.09.2022Keyingisi
Birgalikda ekilgan daraxt xalqlarimiz do‘stligining ramzi bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin sermahsul muzokaralardan so‘ng Samarqanddagi "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turizm markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekdilar.
15.09.2022