Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida "Ko‘ksaroy" qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.
Ushbu ezgu an’ana O‘zbekiston-YI munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan oliy darajadagi muzokaralarning natijalarini mustahkamlaydi.
Bugun oliy martabali mehmon Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekistondagi yangi ofisi ochilishida ishtirok etishi, Samarqand shahri tarixiy-me’moriy obidalari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning mamlakatimizga tashrifi yakunlanadi.
Oldingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning matbuot uchun qo‘shma bayonoti
2022-yil 28-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel uchrashuv o‘tkazdilar.
28.10.2022