4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Yangi O‘zbekistonda ortga qaytmas demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarni amalga oshirishga ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
Yevrokengash Prezidenti, o‘z navbatida, O‘zbekistonning kuchli fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish sari ochiq islohotlar yo‘lini davom ettirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.
Shu ma’noda Qoraqalpog‘istondagi vaziyatning ba’zi buzg‘unchi kuchlar tomonidan izdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi alohida qayd etildi. Sharl Mishel jinoiy unsurlar tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklar natijasida qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YEI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning tayyorlanishini yakuniga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
“Preferensiyalar bosh tizimi plyus” afzalliklaridan foydalangan holda o‘zaro savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar amaliy hamkorlikning aniq dastur va loyihalarini, eng avvalo, “yashil iqtisodiyot”, raqamlashtirish, innovatsiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ilgari surish masalalariga alohida to‘xtaldilar.
Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelayotgan vaziyat hamda YEI tuzilmalari bilan ko‘p tomonlama muloqotning darajasini yanada yuksaltirish yuzasidan fikr almashildi.
O‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, shuningdek, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan Afg‘onistonda mustahkam tinchlik qaror topishiga ko‘maklashish va uning xalqiga qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatishga qaratilgan yirik xalqaro tadbirlarni mamlakatimizda tashkil etish masalasi qo‘llab-quvvatlandi.
Oldingisi
Президенты Узбекистана и Кыргызстана рассмотрели ход подготовки к предстоящему саммиту
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 4 июля провел телефонный разговор с Президентом Кыргызской Республики Садыром Жапаровым.
04.07.2022Keyingisi
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
04.07.2022