Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning tashrifi doirasida Zarafshon daryosida Yavan gidroelektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon ramziy tugmani bosib, qurilishga start berdilar.
Ushbu inshoot energetika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikda birinchi yirik loyiha bo‘ladi. 140 megavatt quvvatli zamonaviy stansiya mamlakatlarimiz energetik xavfsizligi, suv va qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Muhandislik ishlari to‘liq zamonaviy standartlar asosida, ilg‘or xorijiy kompaniyalar ishtirokida olib borilmoqda.
Loyihani moliyalashtirishga yetakchi xalqaro institutlar, shu jumladan Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qiziqish bildirgan.
Ushbu loyiha tarmoqning ilmiy va ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash, minglab xonadonlar va yangi korxonalarini “yashil” energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Oldingisi
O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining kengaytirilgan muzokaralari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning muzokaralari ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.
02.06.2022Keyingisi
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolandi
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘ldi.
02.06.2022