Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi “Aziya metall prof” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.
Ushbu yirik zavodda 2018-2022-yillarda xitoylik hamkorlar bilan birgalikda umumiy qiymati 110 million dollarlik loyihalar amalga oshirilgan. Bu mablag‘ning 33 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyadir.
Dastlab, 2018-yil dekabrda rux va polimer bilan qoplangan metall listlar tayyorlash boshlangan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda, 2021 yildan metall quvurlar va profillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2022-yil fevraldan issiq o‘ramali metall listlar va qurilish uchun profillar ham ishlab chiqarilmoqda.
Ushbu mahsulotlar import o‘rnini bosishi va eksportbopligi bilan ahamiyatli. Xususan, o‘tgan yili korxona tomonidan 63 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Bu ko‘rsatkich joriy yilda yanada yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Ayni paytda korxonada 520 nafar ishchi mehnat qilmoqda.
Davlatimiz rahbari loyihaning to‘rtinchi bosqichi - armatura ishlab chiqarish korxonasining qurilish maydonida bo‘ldi. Bu yerda yiliga 390 ming tonna armatura quyish quvvati hamda 150 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Umuman, 2023-2025-yillarda yana beshta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ularga jami 621 million dollar yo‘naltirilib, yiliga 1,7 million tonna metall hamda 10 million metr kvadrat oyna ishlab chiqarish quvvati yaratiladi. 930 ta yangi ish o‘rni ochiladi.
Prezidentimiz mahalliylashtirish va tannarxni tushirish orqali eksportda raqobatbardoshlikni oshirish kerakligini ta’kidladi.
Oldingisi
Samarqand tumanida qurilayotgan majmuada 10 mingga yaqin ish o‘rni bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanida barpo etilayotgan savdo, sanoat va servis majmuasining qurilish maydonida bo‘ldi. Uning hududi 37 gektar. Bu yerda umumiy qiymati 2 trillion 79 milliard so‘mlik 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
24.08.2023Keyingisi
Prezident Samarqandni rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rsatib o‘tdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
24.08.2023