SMTI direktori: Koreya Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlarining ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan hamkori

Bugun Toshkentda “Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi: o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari strategik muloqoti” mavzusida ekspert forumi boshlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov kirish so‘zi bilan O‘zbekiston-Koreya munosabatlari dinamikasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

SMTI vakili taʼkidlaganidek, Koreya Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlarining ishonchli va vaqt sinovidan oʻtgan hamkoridir.

O'zbekiston haqida gapiradigan bo'lsak, o'tgan yili diplomatik aloqalar o’rnatilganligining 30 yilligi va koreys diasporasining 85 yilligini keng nishonladik, – deydi Eldor Aripov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qisqa davr ichida O‘zbekiston-Koreya strategik sherikligi barqaror va samarali tus oldi. Bunga yuqori darajadagi intensiv siyosiy muloqotlar ko'p jihatdan yordam berdi.

Sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Prezident Shavkat Miromonovich va Prezident Yun Seok-Yol o’rtasida birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida ikki davlat rahbarlari davlatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik yo’lida yangi iqtisodiy kun tartibini yaratish muhimligi haqida gapirdi.

E.Aripovning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun allaqachon yaxshi poydevor yaratilgan. Ayni paytda O‘zbekistonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan mingga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, Koreyaning mamlakatimizga kiritgan sarmoyasi hajmi 7 milliard dollardan oshdi.

O'zaro savdo va sarmoya ko'rsatkichlari o'sib bormoqda. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 24 foizga oshdi.

Erkin savdo shartnomasini tuzish bo’yicha muzokaralar faol bosqichda. Yaqinda Savdo va investitsiyalarni osonlashtirish bo'yicha asos dasturi imzolandi.

Shu nuqtai nazardan, u oliy darajadagi bo‘lajak muloqotlar O‘zbekiston-Koreya hamkorligining mavjud ijobiy dinamikasini oshirishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, E.Aripov Seul nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga qo‘shgan va qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida ta’kidladi.

“Koreya sarmoyalari tufayli avtomobilsozlik, kimyo, metallurgiya, neft-gaz, axborot-kommunikatsiya va boshqa ko‘plab sohalar rivojlanishi jadal sur’at oldi”, — deya izoh berdi ekspert.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi ko‘magida mintaqada turli ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirila boshlandi.

Diplomatik munosabatlar o‘rnatilgandan beri Markaziy Osiyo davlatlari bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 600 barobar oshdi: 1992-yilda 15 million dollardan 2022-yilda 9 milliard dollardan oshdi va Koreyaning mintaqadagi jami to‘plangan sarmoyasi 15 milliard dollardan oshdi.

SMTI direktori taʼkidlaganidek, ayni paytda madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanmoqda, bunda Markaziy Osiyo mamlakatlarida yashovchi va 300 mingdan ortiq kishini tashkil etuvchi yirik koreys diasporasi eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

O'z navbatida, mintaqa yoshlari koreys madaniyatini katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda–til o'rganishdan tortib musiqa tinglash va koreys filmlarini tomosha qilishgacha.

E.Aripov so'zlariga ko'ra, mazkur yu’nalisda Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud bo’lgan Koreya ruhini ozida jamlovchi - Koreya madaniyati va tili markazlari muhim o’rin tutadi.

Ekspertning fikricha, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning bunday yuqori sur’atlariga erishishida muloqotni institutsionalizatsiya qilish muhim rol o‘ynadi.

– 2007-yildan buyon “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” hamkorlik forumi yig‘ilishlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda, bu esa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayonini muhokama qilish uchun samarali maydon sifatida o‘zini namoyon qildi, – deya xulosa qildi SMTI direktori.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida bo‘lib o‘tgan tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlarining Ozbekistondagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlaridan, ekspert-tahlil doirlari vakillari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasining ilmiy va akademik doiralaridan iborat ishtirokchilarni jamladi.

 Manba