Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o'rinbosarlarining bo'lajak majlisi to'grisida

2020-yil 21-may kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Majlisda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari ishtirok etadi.

Tadbir davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya vazirlari uchinchi uchrashuvi kun tartibi yuzasidan fikr almashish, Afg‘onistondagi vaziyat, savdo-iqtisodiy va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari hamda koronavirus pandemiyasi oqibatlarining oldini olishda hamkorlikni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Manba