O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari Abdulaziz Komilovning Toshkentga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Milliy yarashuv Oliy kengashi raisi doktor Abdulla Abdulla bilan uchrashuvi boshlandi.
Tashrif kun tartibi O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarini yanada mustahkamlashning istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, afg‘onlararo tinchlik muloqoti bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muzokaralarni o‘z ichiga oladi.