O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an telefon orqali muloqot qildilar.
Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Suhbatda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Davlat rahbarlari joriy yil fevral oyida Anqara shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni keng ko‘lamli amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.
Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida o‘tkaziladigan hukumatlararo muloqotlarga muhim e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisiga pandemiyaga qarshi kurashda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
Manba
Oldingisi
Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
24.07.2020