OTB Direktorlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha qarorni bir ovozdan ma'qulladi

Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta'sirini kamaytirish uchun Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha tegishli bitmlarga imzo chekish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 2020-yil 25-iyun kuni OTB Direktorlar Kengashi tomonidan ushbu qaror bir ovozdan ma'qullangan edi.

Ma'lumot uchun: 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli qarz mablag‘lari 15 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) Libor (6 oylik, bugungi kunda - 0,4%) + spred (0,5%) yillik foiz stavkasida ajratilmoqda.

Jalb qilinayotgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi va davlat budjetiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy ta'sirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag‘larini ajratishdan avval mamlakatdagi makroiqtisodiy holat, shu jumladan davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xatarlarini tahlil qildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, OTB tomonidan respublika davlat qarzi barqaror va xatarlar past darajada deb baholangan.

Manba