2020-yil 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakatning Afg‘oniston yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, xususan, ushbu mamlakatda tinchlik muzokaralari jarayonini boshlash borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.
Yaponiya tomoni Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, butun afg‘on xalqi manfaati uchun mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashda faol ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Xususan, Yaponiya Elchisi Afg‘onistonda temir yo‘llari va yangi elektr uzatish liniyalari qurish loyihalariga qiziqish bildirdi.