Din Syaosin: Xitoy Oʻzbekistonga yaxshi qoʻshni va yaxshi doʻst sifatida qaraydi

Joriy yilda kutilayotgan ikki tomonlama muhim tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda Xitoy va Oʻzbekistonning siyosiy-diplomatik doiralari, yetakchi tahlil markazlari vakillari ishtirok etdi.

Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasining Yevroosiyo instituti direktori Din Syaosin ushbu anjumanda oʻtgan 30 yil ichida Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar rivojlanib, yangi choʻqqilarga koʻtarilganini alohida taʼkidladi:

-2012-yilda Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatilgan boʻlsa, 2023-yilda har tomonlama strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi.

Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlari tez va silliq rivojlanib borayotganining sababi shundaki, ular diplomatik munosabatlar oʻrnatilgandan buyon mamlakatlar teng huquqlilik, ichki ishlarga aralashmaslik va oʻz taraqqiyot yoʻlini hurmat qilish tamoyiliga doimo amal qilib kelgan mustahkam poydevorga ega.

Xitoy Oʻzbekistonga yaxshi qoʻshni va yaxshi doʻst sifatida qaraydi hamda ikkitomonlama munosabatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Bundan tashqari, Xitoy-Oʻzbekiston hamkorligining oʻziga xos xususiyati siyosiy oʻzaro ishonchning yuqori darajasidir. Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan beri Si Szinpin bilan ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda strategik yetakchi rol oʻynagan yaxshi ish munosabatlari va shaxsiy doʻstlikni oʻrnatdilar.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik hamkorlikni chuqurlashishining yana bir muhim omili shundaki, soʻnggi 30 yil ayniqsa soʻnggi besh yil ichida ichida Xitoy-Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorligi oʻzaro manfaat asosida, rivojlandi. Xitoy hozirda Oʻzbekistonning eng yirik investori va eng yirik savdo sherigi hisoblanadi.

Qolaversa, xalqaro vaziyat notinch, mintaqaviy mojarolar birin-ketin kuchayib borayotgan, insoniyat jiddiy tanlov oldida turgan bir sharoitda Xitoy va Oʻzbekiston oʻzaro yordam va bir-birini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini koʻrsatmoqda. Mamlakatlarimiz koʻp qirralilikni qoʻllab-quvvatlaydi, xalqaro maydonda yaqindan hamkorlik qiladi, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni saqlash boʻyicha saʼy-harakatlarni birgalikda muvofiqlashtiradi. 30 yillik tarixga nazar tashlab, kelajakka boqar ekanmiz, biz Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlari ming yillik tinch-totuv yashash merosiga asoslangan yaxshi qoʻshnilar, yaxshi sheriklar va yaxshi birodarlar oʻrtasidagi munosabatlar ikki davlat xalqlari uchun manfaat va katta yutuqlarga olib kelishiga ishonamiz.

Eslatib oʻtamiz, SMTI tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Yevropa va Osiyo ijtimoiy taraqqiyot instituti Taraqqiyot tadqiqot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan konferensiyada siyosat, xavfsizlik, savdo-investitsion va madaniy-gumanitar sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Yevropa va Osiyo ijtimoiy taraqqiyot instituti Taraqqiyot tadqiqot markazi – Yevroosiyo mintaqasidagi mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tahlil qilish va oʻrganishga qaratilgan Xitoydagi yetakchi tadqiqot instituti. U 1989 yilda tashkil etilgan. U XXR rahbariyatiga Xitoy va Yevroosiyo makonidagi mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida axborot, maslahatlar va siyosiy tavsiyalar beradi.

Manba