BMT Bosh kotibining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda gumanitar hamkorlik bo'yicha yordamchisi bilan uchrashuv
O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida BMT Bosh kotibining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda gumanitar hamkorlik bo'yicha yordamchisi Rashid Halikov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat jarayonida mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, O'zbekiston va BMT munosabatlarining hozirgi holati va uning istiqbollari muhokama qilindi. R.Halikov O'zbekiston rahbariyatining mamlakatda amalga oshirayotgan islohotlarini va pragmatik, faol tashqi siyosatni amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. O'zbekiston va BMT o'rtasidagi kelajakdagi hamkorlikka to’xtalar ekan, diplomat ta’kidladiki, tashkilot gumanitar sohadagi o’zaro hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor.