Joriy yilning 20 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning (Germaniya) O‘zbekiston va Qirg'iziston bo’yicha mintaqaviy direktori Filipp Yang bilan onlayn uchrashuv o’tkazildi.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. SMTI va Fond oʻrtasidagi 2024-yilga moʻljallangan oʻzaro hamkorlik rejalari belgilandi va atroflicha muhokama qilindi.
Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohasida takliflar ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida tajriba almashishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar o‘tkazishdan manfaatdorlik bildirildi.
Tomonlar rejalashtirilgan tadbirlar sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shishiga, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarning mavjud salohiyatini to‘liq ochib berishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Oldingisi
SMTIda Britaniya diplomatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi – Afg‘oniston bo‘yicha tashqi va ko‘p tomonlama aloqalar departamenti rahbari Nikola Rigini, Afg'oniston bo'yicha bosh tadqiqotchi-tahlilchi Maykl Tomas...
19.02.2024