O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Ozarbayjon Respublikasi Xalqaro munosabatlarni tahlil qilish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ikki davlat diplomatik vakolatxonalari hamda yetakchi tahliliy va tadqiqot markazlari rahbarlari, ekspertlar ishtirok etmoqda.
Gibrid formatda o‘tayotgan anjumanda tomonlar turli sohalardagi o‘zaro munosabatning bugungi holati va aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘llari yuzasidan fikr almashadi.
Mutaxassislar Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakuniga alohida e’tibor qaratishadi. Zero, mazkur tashrif har jihatdan O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlarining ko‘lami nechog‘li chuqurligini ko‘rsatib, uzoq muddatli ekanini namoyon qildi.
Oldingisi
SMTIda BMT vakili bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Joriy yil 26-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida BMTning ichki nazorat xizmatlari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Shrilata Rao bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
26.08.2024Keyingisi
Savdo-iqtisodiy aloqalar – ustuvor ahamiyat kasb etadi
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston – Ozarbayjon: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqboli” mavzusida xalqaro konferensiya ishtirokchilari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabat keyingi yillarda...
27.08.2024