SMTI rahbariyati Institut xodimlarini Yangi yil bilan tabrikladi

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) rahbariyati SMTI jamoasini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi.

Fursatdan foydalanib, Institut direktori Eldor Aripov SMTIning alohida xodimlariga kasbiy faoliyatidagi yuksak yutuqlari va turli sohalardagi davlat siyosatini axborot-tahliliy ta'minlashda qo‘shgan hissasi uchun faxriy yorliqlar topshirdi.